Rinoplastika Samarqandda ham o‘tkazilyapti
Shu paytgacha Samarqandda rinoplastika, ya’ni burun sohasidagi jarohatdan keyingi qiyshayishni jarrohlik orqali to‘g‘irlash davlat shifoxonalarida amalga oshirilmagan edi. 2021 yildan beri viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida mazkur jarrohlik amaliyoti bajarilib, shu paytga qadar 10 dan ziyod rinoplastika hamda 30 dan ziyod rinoendoxirurgiya sohasida jarrohlik amaliyotlari bajarildi.
- Bir necha marta Turkiya hamda Ukraina davlatlariga malaka oshirish uchun borib kelganimdan so‘ng markazda rinoplastika bo‘yicha jarrohlik o‘tkazila boshlandi, - deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘lim mudiri Muhammad Bekmurodov. – Navbati bilan bo‘limdagi barcha shifokorlarga xorijda malaka oshirib kelish imkoni bo‘lmoqda. Buning natijasida 2023 yildan boshlab o‘zimizda ham koxlear implantatsiyasi operatsiyasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirganmiz.
Aytish kerakki, rinoplastika opeatsiyasi uchun sarflanadigan mablag‘ ushbu markazda xususiy klinikalardan ko‘ra 4-5 baravar arzonga tushadi. Shuningdek, yaqinda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ushbu muolajala bepul amalga oshirilishi ham rejalashtirilgan.