Rossiyada ikki o‘zbekistonlik baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
- 07.01.2020 12:36
- 156
- Hodisa
Rossiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan yilning 30 dekabr kuni Komi Respublikasi Yemva shahrida O‘zbekiston fuqarosi K.A. ish joyida baxtsiz hodisa oqibatida vafot etdi.
Shuningdek, joriy yilning 5 yanvar kuni Sankt-Peterburg shahri Kurortniy tumanida yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi, O‘zbekiston fuqarosi M.A. vafot etdi.
Ayni paytda ikki hodisaning tafsilotlarini aniqlash uchun tergov tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Bosh konsulxona tegishli masalalarni hal qilish uchun mahalliy hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa