Rossiyada o‘zbekistonliklar YTHga uchradi
Kecha, 12 sentyabr kuni M-2 «Qrim» avtomobil yo‘lida, Moskva viloyati hududida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatimizning Rossiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi ma’lum qildi.
Unda O‘zbekiston fuqarolari - haydovchi O.A. va yo‘lovchi N.T. jarohatlandi. Ular Podolsk shahridagi markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirildi.
Elchixonaning konsullik bo‘limi vaziyatni nazoratga oldi hamda Podolsk shahrining tegishli organlari bilan aloqa o‘rnatdi.
Konsullik-huquqiy departamenti eslatib o‘tadiki, Rossiyaning Markaziy federal okrugi (Belgorod viloyati, Bryansk viloyati, Vladimir viloyati, Voronej viloyati, Ivanovo viloyati, Kaluga viloyati, Kastroma viloyati, Kursk viloyati, Lipetsk viloyati, Moskva shahri, Moskva viloyati, Orlov/Oryol viloyati, Ryazan viloyati, Smolensk viloyati, Tambov viloyati, Tver viloyati, Tula viloyati, Yaroslav viloyati) va Armaniston hududidagi fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda Moskva shahridagi elchixonaga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7 499 230-00-76, +7 499 238-36-20