Rossiyada Putinning reytingi tobora pastlab bormoqda
Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining ma’lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning shaxsiy ishonch reytingi eng past ko‘rsatkich – 31.7% gacha tushib ketgan.
Putinning shaxsiy ishonch reytingi joriy yilning yanvar oyida avvalgi ko‘rsatkichlarga ko‘ra ancha pastlagan va o‘shanda uning reytingi 32.2% gacha tushib ketgan edi. Endi esa undan ham past natija ko‘rsatgan.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi bu safargi so‘rovlarni 13–19 may oralig‘ida telefon qo‘ng‘iroqlari orqali amalga oshirgan. Unda ko‘plab Rossiya fuqarolari qatnashgan.
Eslatib o‘tamiz, Umumrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi o‘z reytingini ilk marotaba 2016 yilda e’lon qilgan. O‘shandan beri har chorakda o‘z so‘rovnoma natijalarini e’lon qilib keladi. Ushbu markaz nafaqat Rossiya prezidenti, balki boshqa bir qator yuqori lavozimli shaxslar: vazirlar va boshqa siyosatchilar haqida ham so‘rovnoma o‘tkazadi va so‘rovnoma natijalariga qarab reyting tuzadi. Rossiya prezidentining reytingi 2016 yilda ilk marta e’lon qilingandan buyog‘iga faqat pastlab kelmoqda.