Sakkiz nafar g‘olibning ikkitasi samarqandlik
- 25.01.2019 18:37
- 333
- O‘zbekiston
Bugun, 25 yanvar kuni poytaxtimizda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi hamkorligida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda OAVning roli” mavzusida seminar-trening hamda shu mavzudagi tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda hamkasblarimiz, Nuz.uz axborot saytining viloyat bo‘yicha muxbiri Toshpo‘lat Rahmatullayev internet yo‘nalishida, viloyat «Samarkandskiy vestnik” gazetasi muxbiri Zamira Baltayeva esa bosma nashrlar yo‘nalishida g‘olib deb e’tirof etildi. Hamkasblarimizni g‘oliblik bilan tabriklaymiz!
Eslatib o‘tamiz, mazkur tanlovda respublika bo‘yicha 100 dan ortiq ishtirokchi o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashgan. Ular orasidan televideniye, radio, internet, bosma nashrlar yo‘nalishlarida 8 nafar g‘olib aniqlandi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa