Samarqand bo‘ylab sayyor uchrashuvlar davom etmoqda
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari J.Fayzullayev boshchiligida ishchi guruhi “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlari bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
Ushbu tadbirlar Davlatimiz rahbari tomonidan iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish borasidagi ishlarni yanada chuqurlashtirish, davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga baho berishda qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari qanday himoya qilinayotganligi, ularga davlat xizmatlari ko‘rsatishning sifati va ochiqligi - eng asosiy mezon bo‘lishi shart ekanligini ilgari surish maqsadida o‘tkazilmoqda.
Sayyor uchrashuvda ishchi guruh “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalar bilan ham tanishdi.
Xususan, “Urgut Mikro Metal”, “Yec Gilam”, “Ideal Lather Teks”, “Leather Shoes”, “Ur Jeans”, “Real Sport Shoes” kabi korxonalarga borilib, u yerdagi ishlab chiqarish jarayoni, chet eldan import qilinayotgan xom-ashyolar, xorijga chiqarilayotgan tayyor eksport mahsulotlari ko‘zdan kechirildi. Tadbirkorlik sub’yektlaridan o‘nlab murojaatlar kelib tushdi.
Jumladan, o‘tkazilgan uchrashuvda murojaatchilar tomonidan kredit ajratish, elektor toki tez-tez uzilib qolishi, importga olib kelinayotgan tovarlarning TIF TN kodi va bojxona qiymati va boshqa bir qator masalalar ko‘tarildi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish davomida bojxona faoliyatiga bevosita taalluqli bo‘lgan ayrim muammolar joyida hal etildi.
Masalan, “Ur Jeans” MChJ vakili B.Xalimov tomonidan importga olib kelinayotgan yuklarining TIF TN kodi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish haqidagi murojaati viloyat bojxona boshqarmasining Bojxona ekspertizasi va tovarlarni tasniflash guruhi tomonidan ko‘mak berilishi belgilandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida tadbirkorlik sub’yektlariga bir qator normativ hujjatlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha ham tushunchalar berib o‘tildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 iyundagi “Alohida soliq va bojxona imtiyozlarini bekor qilish” to‘g‘risida PF-6011-son farmoniga muvofiq bojxona imtiyozlari bekor qilinganligi tadbirkorlarga yetkazildi.
Shuninigdek, ishchi guruh Urgut tumanida muddati o‘tgan debitorlik qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha bir qator korxona rahbarlariga ko‘rsatmalar berib o‘tdi.
Shu bilan birga, ishchi guruhning joylarda o‘tkazilgan uchrashuvlari davomida tadbirkorlik sub’yektlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.
Mazkur uchrashuvlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.