Samarqand davlat tibbiyot instituti ERASMUS+ dasturida g‘olib bo‘ldi
Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida e’lon qilingan 2020 yil tanlovida Samarqand davlat tibbiyot instituti g‘olib bo‘ldi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot instituti ishtirok etgan 2 loyiha moliyalashtirishga qabul qilindi.
Birinchi loyiha nomi “XXI asr shifokorlarining rivojlanishida ko‘maklashish: bemor bilan muloqotga yo‘naltirilgan ta’lim” bo‘lib, unga Gretsiyadan, ikkinchisi “Mehnat gigiyenasi va atrof muhit sohasida magistratura dasturlarini muvofiqlashtirish va o‘zaro tan olish” loyihasi bo‘lib, unga Italiya davlatidan pul ajratiladi.
Har ikkala loyihaga 915 ming yevrodan beriladi.
Ma’lumot o‘rnida: Yerasmus + - bu ta’lim sohasidagi tadbirlar va ilmiy harakatchanlikni qo‘llab-quvvatlovchi va kasb-hunar, yoshlar mehnati, sportga bag‘ishlangan loyihalar hamda sheriklikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan Yevropa Ittifoqi (YeI) dasturi. 2014 yildan buyon Yevropa mamlakatlari hamda dunyodagi sherik davlatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun mablag‘ ajratadi.
Samarqand davlat tibbiyot
instituti axborot xizmati.