Samarqandda radiologiya sohasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda

Samarqand davlat tibbiyot universitetida «Nurli diagnostika va davolashni yangi texnologiyalari» nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Xalqaro anjumanda AQSh, Germaniya, Yaponiya, Avstriya, Bangladesh, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistonni radiologlar jamiyatlari vakillari, olim va izlanuvchilar ishtirok etdi.

Xalqaro anjumanni o‘tkazishda yangi texnologiyalarni klinik tibbiyotga joriy qilish, yangi texnologiyalarni amaliy sog‘liqni saqlash taraqqiyotidagi hissasini, vizualizatsiyalashni bemorlarni davolashdagi o‘rnini muhokama qilish kabi asosiy maqsadlar ko‘zda tutilgan.

- Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya respublika va mintaqamizda nurli diagnostika va radiologiyani taraqqiy ettirish, ilmiy yangiliklarni klinik tibbiyotga joriy qilish, malakali tibbiyot kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish hamda respublikamiz tibbiyot oliygohlari va ilmiy tekshirish markazlari xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi, - dedi universitet rektori Jasur Rizayev.

Yalpi majlisdan so‘ng xalqaro anjuman ishi beshta sho‘’bada davom ettirilib, klinik tibbiyotda nurli diagnostikani yangi texnologiyalari, onkologiyada diagnostik radiologiya va nur terapiyasi, jarohatlar va shoshilinch holatlarda nurli diagnostika, tegishli mutaxassisliklarda nurli diagnostika hamda yosh tadqiqotchilarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini natijalariga bag‘ishlangan 100 dan ziyod ma’ruzalar qilindi va tegishli yo‘nalishlardagi ilmiy yangiliklar soha mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi.

Anjuman doirasida radiologiyaning MRT, kompyuterli tomografiya, UTT, rentgenologiya va radioterapiya yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tanlovlar ham o‘tkaziladi. Tanlovlarda universitet bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari, klinik ordinatorlari, viloyatlardan kelgan amaliyot shifokorlari ishtirok etadi. Konferensiya ikki kun davom etadi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti axborot xizmati.