Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalari Turkiyada malaka oshiradi

Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori, professor Jasur Rizayev Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti rektori professor Cevdet Erdӧl ning taklifiga binoan Istanbul shahrida xizmat safarida bo‘ldi.

J.Rizayev tashrif davomida ushbu universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Rektorlar o‘quv, ilmiy hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuv loyihalarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.

O‘zaro tajriba almashinish bo‘yicha olib borilgan muzokaralar natijasida dunyo bo‘yicha pandemiya tugashi bilan Sog‘liq bilimlari universiteti Samarqand davlat tibbiyot institutining qator mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlarini qisqa va uzoq muddatli malaka oshirish dasturlariga qabul qilishga kelishib olindi.

Samarqand davlat tibbiyot

instituti axborot xizmati.