Samarqand shahar maktablarida darslar 20 sentyabrdan boshlanishi mumkin

Shu yil 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan Samarqand shahridagi maktablarda yangi o‘quv yili 20 sentyabrdan boshlanishi mumkin. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi vakili Zarnews.uz muxbiriga ma’lum qildi.

Hozircha Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Xalq ta’limi vazirligiga rozilik xati yuborilgan. Agar vazirlik xatni tasdiqlasa, shahar maktablarida darslar 20 sentyabrdan boshlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting, bu haqda aniq ma’lumot beramiz.