Samarqand shahrida avtobus bir piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, voqea bugun, 18 dekabr kuni soat 07:30 atrofida sodir bo‘lgan.
Samarqand shahar Damariq mahallasi hududidan o‘tuvchi Narpay yo‘li ko‘chasida, avtobus haydovchisi yo‘lning belgilanmagan qismidan, o‘ng tomondan chap tomonga harakatlanib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida halok bo‘lgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.