Samarqand shahrining “Eng namunali mahalla raisi” kim?
Bu savolga Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Eng namunali mahalla raisi” tanlovining shahar bosqichida aniqlandi.
Joriy yildan boshlab fuqarolar yig‘inlari raislari orasida ana shunday tanlov o‘tkaziladigan bo‘ldi. Tanlov nizomiga ko‘ra, bundan maqsad mahallalarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalari ijrosini to‘laqonli ta’minlashdagi ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tizim xodimlarining faoliyat samaradorligini oshirish hamda namunali mahallalar doirasini kengaytirish, ushbu tuzilmaning mahalliy davlat hokimiyati organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada kuchaytirishdan iborat.
Tanlovda shahardagi mavjud 215 ta mahalladan 8 ta mahallaning raisi g‘oliblik uchun kurashdi. Ishtirokchilar uch shart bo‘yicha bellashdi. Har bir shart hakamlar hay’ati tomonidan 35 ballik tizimda baholandi.
Bellashuv natijasida "Bog‘imaydon" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Toshpo‘lat Rahmatullayev birinchi o‘ringa loyiq topildi.
Tanlovning viloyat bosqichi 5 mart kuni o‘tkaziladi.