"Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan "Epica" yonib ketdi

Joriy yilning 9 dekabr kuni soat 05:50 larda Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan M39 avtomobil yo‘lining 985-kilometrida, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan R.K. "Epica" rusumli avtomobilda "Samarqand-Toshkent" yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtomobil to‘liq yong‘indan zararlangan.

Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

IIV YHXBB axborot xizmati barcha haydovchilardan ob-havo sharoitini hisobga olib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilgan holda harakatlanishni so‘ragan.