Samarqand tumanida 7 yoshli bola YTH qurboni bo‘ldi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni soat 15:00 larda, Samarqand viloyati, Samarqand tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy, ichki avtomobil yo‘lida, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan Sh.M. “Lasetti” rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib, yo‘lning o‘ng tomonidan chap tomoniga yugurib o‘tayotgan piyoda - 2013 yilda tug‘ilgan S.S.ni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Oqibatda, piyoda, voyaga yetmagan, 7 yoshli S.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.

Mazkur YTH yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.