Samarqand va Andong shahar hokimlari uchrashdi

Bugun Samarqand shahar hokimi Boburmirzo Obloqulov "Sharq taronalari" XII xalqaro musiqa festivaliga tashrif buyurgan Koreya Respublikasining Andong shahri meri (hokimi) Kvon Yong-se bilan uchrashdi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Tomonlar shu paytgacha o‘rnatilib kelingan hamkorlik aloqalari haqida fikr almashdi va o‘z takliflarini bildirdi. Shuningdek, ikki shahar rahbarlari shaharlar o‘rtasidagi keyingi munosabatlarga yo‘l ochish, do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash  masalalariga to‘xtaldi. Uchrashuvda madaniyat, san’at, ta’lim va turizm sohalari ham keng muhokama etildi.