Samarqand viloyat adliya boshqarmasida ma’muriy hujjatlarni jamoatchilik uchun ochiq tarzda qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi

Xabaringiz bor, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab Prezident qaroriga asosan sinov tariqasida Adliya vazirligining buyruqlari ham “E-qaror” tizimi orqali qabul qilinishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan idoraviy hujjatlarni mazkur tizim orqali qabul qilish va e’lon qilish boshlangan.

Xususan, 6 yanvar kuni tizim orqali qabul qilingan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining dastlabki buyrug‘ida xodimlarni vaqtincha biriktirish bo‘yicha topshiriq va vazifalar belgilangan.

Yil boshidan bugunga qadar tizim orqali Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan qabul qilingan 16 ta, viloyat yuridik texnikumi tomonidan 1 ta idoraviy hujjatlar e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Adliya vazirligi tizimidagi sinov natijalariga ko‘ra, 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab barcha respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari buyruq, qaror va farmoyishlarni “E-qaror” elektron tizimi orqali qabul qilish va e’lon qilish nazarda tutilgan.