Samarqand viloyati hokimi tadbirkorlar muammolarini tingladi
- 17.05.2019 18:19
- 93
- Samarqand
Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasida viloyat hokimi E.Turdimov tadbirkorlarni qabul qildi.
36 nafar tadbirkor qurilishga ruxsat olish, yer ajratish, kredit olish, tuman (shahar) hokimi qarori chiqarish, xulosa berish kabi o‘zlarini qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida murojaat qildi. Uchrashuvgacha tegishli mutasaddilar tomonidan 23 ta muammoga yechim topildi. Bugungi qabulda esa muammosiga yechim topilmagan 13 nafar tadbirkor qatnashdi.
Viloyat hokimi tadbirkorlar muammolarini eshitib, tegishli idoralar mutaxassislarining kichik e’tiborsizligi yuzasidan katta muammolar kelib chiqayotganligini ta’kidladi.
- Mutaxassisning e’tiborsizligi tufayli tadbirkor sarson bo‘lmoqda. Vaholanki, bugungi kun tadbirkori muammoni bartaraf etish bilan emas, yangi innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan band bo‘lmog‘i lozim, - dedi E.Turdimov.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa