Samarqand viloyati hokimining qarori
SAMARQAND VILOYaTIDA 2019 YILDA DAVLAT KO‘ChMAS MULKIDAN FOYDALANGANLIK UChUN IJARA TO‘LOVINING ENG KAM STAVKALARINI TASDIQLASh TO‘FRISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi "Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 102-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009 y., 15-son, 186-modda) qarorining 3-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2018 yil 13 dekabrdagi 2974/04-17-1 sonli xati bilan taqdim etilgan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirliklari o‘rtasida kelishilgan 2019 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi qonunining 6-moddasiga asoslanib QAROR QILAMAN:
- Quyidagilar:
Samarqand viloyatida 2019 yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan oshiruvchi koeffitsiyentlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
- "Samarqand viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi" davlat unitar korxonasi direktori (B.Payshanov)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilgan davlat mulki va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish;
ijara ob’yektlaridan maqsadli foydalanishini va ularning saqlanishini, shuningdek, ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
ijaraga berilgan davlat mulkini har chorakda xatlovdan o‘tkazish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulki ro‘yxatini davriy nashrlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlash topshirilsin.
- "Samarqand viloyat davlat mulkini ijaraga berish markazi" davlat unitar korxonasi (Payshanov), viloyat davlat soliq boshqarmasi (Ahmedov), shahar va tuman hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini to‘g‘ri yuritish va byudjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilar tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysinlar.
- Viloyat hududida 2019 yilda davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashgan byudjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining nol stavkasi belgilansin.
- Viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi (Hamraqulov), viloyat hokimligi huzuridagi "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat unitar korxonasi (Ergashev) mazkur qarorning "Zarafshon" va "Samarkandskiy vestnik" gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta’minlasinlar.
- Viloyat hokimining 2018 yil 8 fevraldagi 83-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
- Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Xudoyberdiyev zimmasiga yuklatilsin.
- Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
2019 yil 12 yanvar, № 16-Q
(Qaror matni va ilovalari bilan viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti – www.samarkand.uz da tanishishingiz mumkin).