Urgutlik bankir Toshkent viloyatining Bo‘ka tumaniga hokim bo‘ldi
- 18.02.2020 19:36
- 1001
- Siyosat
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining 18 fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida Abbosov Nizomiddin Ravshanovich Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Nizomiddin Abbosov 1977 yilda Samarqand viloyatining Urgut tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.
Nizomiddin Abbosov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.
Teglar:
hokim
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 1 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa