Qarshi tumaniga ham ayol hokim tayinlandi
- 04.03.2020 15:56
- 426
- O‘zbekiston
Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumani Kengashi deputatlarining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.
Viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Mustafoyeva Maqsuda Sayfullayevna Qarshi tumaniga hokim etib tayinlandi.
Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek, Sadbarxon Mamitova Andijon viloyatining Bo‘ston tumaniga hokim etib tasdiqlandi.