Samarqand viloyatining 47 nafar yoshlari xorijdan deportatsiya qilingan

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi A.Aslonovning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand viloyatining 110 nafar fuqarosi turli sabablarga binoan xorijiy davlatlardan deportatsiya qilingan, ularning 47 nafari yoshlardir.

Bu haqda Matbuot uyida “Barchasi o‘z qo‘lingda!” shiori ostidagi targ‘ibot dekadasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda qayd etilganidek, targ‘ibot dekadasi doirasida shu paytga qadar 411 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, ularda 466 ta turli salbiy holatlar aniqlangan. Joylarda yuzga yaqin tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, 411 nafar yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.