Samarqand xalqaro aeroportidan 17 ta yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi
- 05.01.2022 14:07
- 287
- Samarqand
Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasida qayd etilgan.
Loyihaga ko‘ra, 2022 yilning martiga qadar Samarqand xalqaro aeroportini yirik transport xabiga aylantirish chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Bunda:
- mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 7 tadan 20 tagacha, geografiyasini 4 ta yo‘nalishdan 5 tagacha oshirish;
- xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini haftasiga 25 tagacha, geografiyasini 4 ta yo‘nalishdan 8 tagacha oshirish;
- «Ochiq osmon» rejimini joriy etish hisobiga 8 ta xorijiy aviakompaniyani jalb qilish va 17 ta yangi muntazam xalqaro yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.
Teglar:
“Samarqand” xalqaro aeroporti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa