Samarqand xalqaro aeroporti dastlabki yarim yillikda xizmat ko‘rsatish hajmi bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi
- 07.08.2023 17:09
- 83
- Samarqand

2023 yilning birinchi yarmida aeroport 439 664 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foizga yoki 241 080 yo‘lovchiga ko‘p.
Yo‘lovchilar oqimining ko‘payishi yetakchi tashuvchilarning samaradorligini oshirish va yangi sheriklarni jalb qilish bilan bog‘liq: 2023 yilda Samarqand aeroportidan 2 ta xorijiy aviakompaniya (Jazeera Airways, A/K Pobeda) va O‘zbekistonning yangi mintaqaviy aviakompaniyasi Silk Avia parvozlarni Toshkent, Buxoro va Urganch shaxarlarga parvozlarni amalga oshirmoqda.
Yo‘lovchi oqimining asosiy o‘sishi xalqaro yo‘nalishlarga to‘g‘ri keldi: ushbu reyslarda qariyb 394 ming yo‘lovchilarga (+116,9%) xizmat ko‘rsatildi. Samarqanddan Moskva, Istanbul, Sankt-Peterburg, Dubay va Abu-Dabiga parvozlar 2023 yilning birinchi yarmida eng mashhur bo‘ldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Vatan, gulxan bo‘lay o‘choqlaringda!
- Kecha, 17:41
- Madaniyat
Germaniya – yoshlar uchun imkoniyatlar mamlakati
- Kecha, 14:08
- Tijorat
Navoiyshunos olimlar anjumani
- Kecha, 14:06
- Samarqand
“Men endi osuda yashay olmayman”
- Kecha, 12:34
- Mutolaa