Samarqand xalqaro aeroporti top beshlikka kirdi
- 27.12.2023 15:26
- 164
- Samarqand

Samarqand xalqaro aeroporti, Xalqaro aeroportlar Kengashining (Airports Council International, ACI Europe) Yevropa bo‘linmasi reytingida yo‘lovchi oqimi o‘sishi bo‘yicha eng yirik 5 aeroport qatoriga kirdi.
Oktyabr oyi yakunlari bo‘yicha Samarqand aeroporti mintaqaviy va kichik aeroportlar toifasida yiliga 100 mingdan 1 milliongacha yo‘lovchi oqimi bilan 4-o‘rinni egallab, 2019 yil oktyabr oyiga nisbatan 139 foizga, 10 oy yakunlari bo‘yicha esa 3-o‘rinni egallab, 2019 yilning shu davriga nisbatan 103,7 foizga o‘sgan.
Qayd etilishicha, joriy yil boshidan buyon Samarqanddan 7 ta mahalliy va 20 ta xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar amalga oshirilmoqda. Ulardan Tel-Aviv, Urumchi, Jidda, Quvayt, Izmir, Mineralnie Vodi, Ufa, Samara va Urganch shaharlarga birinchi bor aviaqatnovlar ochilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
«Okaxonning komandasi». Hajviya
- Kecha, 14:30
- Mutolaa
Ibratli hikoya: Oyoq ostidagi baxt va baxtsizlik
- Kecha, 10:11
- Mutolaa
Sayyorani ulkan odamlar boshqargan
- 15/02, 21:14
- O'qing, qiziq!
Sun’iy intellekt “oq”mi yoki “qora”?
- 15/02, 16:41
- Jamiyat