"WizzAir" aviakompaniyasi ilk bor Abu-Dabidan Samarqand shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi
- 13.12.2022 20:16
- 66
- Samarqand

Bugun, 13 dekabr kuni Vengriyaning "WizzAir" aviakompaniyasiga tegishli samolyot Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
"O‘zbekistonga Abu-Dabi — Samarqand — Abu-Dabi" parvoz yo‘nalishini amalga oshirgan Airbus A321 samolyoti an’anaga ko‘ra suv arkasi, ekipaj a’zolari va 141 nafar yo‘lovchi karnay va surnay sadolari bilan kutib olindi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va shanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"WizzAir" — Vengriyaning arzon aviakompaniyasi bo‘lib, shtab-kvartirasi Budapeshtda (Vengriya) joylashgan.
Teglar:
“Samarqand” xalqaro aeroporti
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Adab ilmida benazir inson
- 1 soat avval
- Mutolaa
Sport maktablariga qabul jarayonlari o‘zgardi(mi?)
- 2 soat avval
- Sport
Keksalar yugurishda yoshlarga o‘rnak bo‘ldi
- 2 soat avval
- Sport
Biror bola bog‘chadan chetda qolmaydi
- Bugun, 10:54
- Jamiyat