Samarqand xalqaro aeroportida turizm axborot markazi ochildi
- 31.01.2023 12:05
- 44
- Samarqand
Turizm axborot markazida chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, turistlar uchun qiziqarli bo‘lgan madaniy meros ob’yektlari, turistik yo‘nalishlar, jamoat transporti xizmatlari, avtomobil ijarasi, umumiy ovqatlanish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, mehmonxonalar, tibbiy yordam markazlari va boshqalar bo‘yicha batafsil ma’lumotga ega bo‘lish mumkin.
Axborot markazining ochilishi Prezidentning 2022 yil 24 dekabrdagi “Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni “Samarqand – Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq amalga oshirildi.
Ta’kidlash joiz, Samarqand shahrida o‘tgan yili 9 ta turistik axborot markazi faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2023 yilda ularning sonini 18 taga yetkazish rejalashtirilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Onlayn dars uchun tuzilgan shartnoma bekor qilindi. Nega?
- 8 daqiqa avval
- Ta’lim
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 2 soat avval
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- 2 soat avval
- Mutolaa