Samarqand xalqaro aeroportida to‘pponcha va o‘qlarni yashirincha olib kirayotgan shaxs aniqlandi

“Samarqand aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan «Sheremetevo-Samarqand» yo‘nalishidagi aviareys bilan uchib kelgan fuqaro R.H. «yashil» yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakati bojxonachilarda shubha uyg‘otdi.

Xolislar ishtirokida P.H.ga tegishli bagaj sumka belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilganda, qiymati 5 mln. so‘mlik 1 dona kalibri 4,5 mm. bo‘lgan pnevmatik to‘pponcha, ushbu to‘pponchaga tegishli 4 dona siqilgan havo ballonchalari va 89 dona o‘qni tegishli ruxsatnomalarsiz olib kirishga uringanligi fosh bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning hukmi bilan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq, sudlanuvchi P.H.ga jarima jazosi tayinlandi.

Shuningdek, huquqbuzarlik ashyosi sifatida olingan 1 dona kalibri 4,5 mm. bo‘lgan pnevmatik to‘pponcha, unga tegishli 4 dona siqilgan havo ballonchalari va 89 dona o‘q tegishli tartibda yo‘q qilindi.