Samarqandda 1 milliard so‘mdan ortiq soliq qarzdorligi naqd pulda to‘landi

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar bo‘limi ijro ish yurituvidagi Samarqand viloyat iqtisodiy sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor “ISHCHI TA’MINOT” ma’suliyati cheklangan jamiyatidan 1 mlrd. 620 mln. 591 ming so‘m soliq qarzini undirish belgilangan.

Qarzdor mol-mulklarni qidirish maqsadida, mutasaddi idoralarga yuborilgan so‘rov xatlari asosida, qarzdorga tegishli bo‘lgan Camarqand shahar Ro‘dakiy ko‘chasida joylashgan ko‘pqavatli 78-uyning birinchi qavatida olti xonadan iborat 2 ming 389 kvadrat metr bo‘lgan savdo-maishiy xizmat ko‘rsatish binosi borligi aniqlandi.

Ijro harakatlari davomida ushbu ko‘chmas mulk ob’yektiga taqiq qo‘yildi.

O‘tkazilgan ijro harakatlari natijasiga ko‘ra, qarzdor oqibatini tushunib yetdi va 2019 yil 19 iyun kuni 814 mln. 241 ming so‘m, 20 iyun kuni 326 mln. 804 ming so‘m, 21 iyun kuni 479 mln. 544 ming so‘m, umumiy hisobda 1 mlrd. 620 mln. so‘m naqd pullarni soliq qarzlarini to‘liq qoplash uchun bank kassasiga topshirdi.

Shuningdek, davlat ijrochisi tomonidan belgilangan ixtiyoriy muddatda qarzini qoplamaganligi sababli 32 mln. 411 ming so‘m ijro yig‘imi va sud tomonidan qo‘llanilgan davlat bojlarini ham to‘lab berdi.

Majburiy ijro byurosi

Samarqand viloyat boshqarmasi.