10 million so‘m o‘rniga 90 million so‘m: Soliq qarzdorligi noto‘g‘ri hisoblangan

Urgutlik tadbirkor A.X. yer va mol-mulk solig‘i uchun 10 million so‘m soliq to‘lashi kerak bo‘lsa-da, tuman soliq inspeksiyasi tomonidan unga nisbatan 90 million so‘mdan ziyod qarzdorlik belgilangan.

Tadbirkor mazkur muammo bilan viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.
Aniqlanishicha, unga nisbatan jami 90 million 630 ming 237 so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligi noto‘g‘ri hisoblangan.
Joriy yilning 4 martida viloyat soliq boshqarmasiga kiritilgan taqdimnomaga asosan, noto‘g‘ri hisoblangan mazkur qarzdorlik bekor qilindi. Shuningdek, ish faoliyatida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan xodimga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq jazo chorasi belgilandi.