Tadbirkorlarning ta’minotchi va soliq inspeksiyasidan katta miqdordagi qarzdorligi undirildi
Samarqand shahar iqtisodiy sudining qaroriga ko‘ra, qarzdor “Manresa Lux” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Samarqand suv ta'minoti” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga 20 million 238 ming so‘m qarzdorlikni undirish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi hisob raqamiga band solingan.
Shu tariqa “Manresa Lux” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan “Samarqand suv ta'minoti” ma’suliyati cheklangan jamiyati foydasiga qarzdorlik to‘liq undirib berilgan.
Urgut tumanida esa davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan “Big Stroy Building” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan 254 million 575 ming so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.
Mazkur hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Urgut tumani bo‘limida ijro ishi yuritilib, qarzdordan ushbu summadagi soliq qarzdorligi undirilgan.
Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi.