«Oqtoshdon»dan 600 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi
- 27.08.2020 17:20
- 193
- Iqtisodiyot

Narpay tuman davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan qarzdor - "Oqtoshdon” aksiyadorlik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyatidan undiruvchi - tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga soliq qarzdorligini undirish belgilangan.
Ushbu hujjat asosida Majburiy ijro byurosi Narpay tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bankdagi hisob-raqamiga davlat ijrochisining qaroriga asosan band solingan va unga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida mutasaddi idoralarga so‘rov xatlari yuborilgan.
Mazkur ijro hujjati bo‘yicha qarzdor "Oqtoshdon” aksiyadorlik jamiyatidan undiruvchi foydasiga 600 million so‘m soliq qarzdorligi undirildi.
Majburiy ijro byurosi Narpay tumani bo‘limi.