Samarqandda 155 ta yer uchastkasini auksionda sotish rad etilgan

2021 yilning 10 fevral holatiga ko‘ra, Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida jami 274,4 gektardan iborat 4232 ta bo‘sh yer uchastkalari aniqlandi. Aniqlangan yer uchastkalarining 2683 tasi auksion savdolariga chiqarildi.

Sanagacha auksionga chiqarilgan yer uchastkalarining 1076 tasi sotilgan bo‘lsa, 1383 ta yer maydoni bo‘yicha auksion savdolari o‘tkazilmoqda. 155 ta yer uchastkani auksion savdolarida sotish rad etildi.

Savdoga chiqarilgan yer maydonlarining soni bo‘yicha eng ko‘p Jomboy tumanidan qo‘yilgan bo‘lsa, eng katta maydon Nurobod tumani hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Sotilgan yer maydonlarining katta qismi Jomboy tumanida kuzatildi. Hozirda esa auksionga chiqarilgan eng ko‘p yer uchastkalari Bulung‘ur tumanidan taklif etilmoqda. Sotish rad etilgan yer uchastkalarining katta qismi esa Urgut tumani hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi axborot xizmati.