Samarqandda 20 ga yaqin tig‘li jism olib yurgan fuqaroga ma’muriy chora ko‘rildi
Samarqandda sovuq qurollar bilan bog‘liq tan jarohati yetkazish holatlarining oldini olish maqsadida keng ko‘lamli “Tig‘” profilaktik-ogohlantiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 24 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan Samarqand shahri hududida o‘tkazilgan tadbirda 20 ga yaqin tig‘li jism olib yurgan fuqarolar aniqlandi.
Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.