Samarqandda 6,3 km gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi
- 10.09.2021 17:13
- 83
- Samarqand
Samarqand viloyati bo‘yicha 2021-2022 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish rejasiga ko‘ra, 4,9 km gaz quvurlarni mukammal ta’mirlash, 6,5 km gaz quvurlarni rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, bugungacha 2,73 km gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi, 6,3 km gaz quvurlari rekonstruksiya qilindi.
Bundan tashqari, 868 km gaz quvurlarini bosim ostida zichlikka sinab, havo bosimi yordamida tozalash ishlari belgilangan bo‘lib, 906,3 km gaz quvurlari bosim ostida zichlikka sinaldi. Shuningdek, 330,7 km yer osti quvurlarining holati maxsus priborlar yordamida to‘liq tekshirildi.
Rejaga ko‘ra, mavjud yer usti gaz quvurlarining 158 kilometrida bo‘yoqlash ishlari belgilan bo‘lib, joriy yil sentyabr oyining birinchi o‘n kunligiga qadar viloyatda 185,6 km gaz quvurlari bo‘yoqlandi.
“Hududgaz Samarqand”gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa