Payariq tumanida ichimlik suvi iste’molchilaridan undirilgan mablag‘larni o‘zlashtirgan nazoratchi aniqlandi
- 01.02.2023 11:31
- 246
- Samarqand
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “S.s” MChJ tuman filiali nazoratchisi Sh.Yu. (muqaddam JKning 167-moddasi bilan sudlangan) o‘ziga biriktirilgan hududdagi ichimlik suvi iste’molchilaridan undirilgan 106 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
AQSh – Eron urushi tugashi yaqinmi?
- Bugun, 16:51
- Xorij
Yigirma million so‘mdan ortiq maosh olaman
- Bugun, 16:40
- Ta’lim