Samarqandda energiya resurslarini talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq yana bitta holat aniqlangan
- 08.08.2024 14:21
- 492
- Jinoyat va jazo
Avvalroq ko‘p miqdorda elekr energiyasi o‘g‘irlanishi fosh qilingan bo‘lsa, bunisi tabiiy gaz bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, “O.A.S.777” MChJ rahbari U.O. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “M.Q.S.” MChJga qarashli noturar joy hududida noqonuniy ohak ishlab chiqarish sexi tashkil qilib, 3 milliard 394 million so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan.
Ya’ni, yer ostidan o‘tgan yuqori bosimli gaz quvuriga qo‘lbola gaz qurilmalarini (gorelka) o‘zboshimchalik bilan yashirin ravishda ulab, 2 million 263 ming kub metr gaz ishlatgan.
Bosh prokuratura tarqatgan xabarga ko‘ra,
holat yuzasidan U.O. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Teglar:
gaz quvuri
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘simliklarga zarar yetkazadigan asosiy omillarni bilasizmi?
- 17 daqiqa avval
- Maslahat
Ibratli voqea: Aka-ukalar
- Kecha, 21:25
- Mutolaa
Mutolaa: Qassob boboning iti. Hajviya
- Kecha, 18:33
- Mutolaa