Qo‘shrabotda yuqori bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan: Zarar miqdori 1,6 mlrd. so‘m deb topilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.Sh.” korxonasi mansabdor shaxslari “Xonnazar” mahallasidagi xonadonlarni tabiiy gaz bilan ta’minlovchi yuqori bosimli gaz quvuriga shikast yetkazib, bu haqda tuman gaz ta’minoti xodimlarini xabardor qilmasdan quvurni ko‘mib ketganligi oqibatida, davlat va jamiyat manfaatlariga 1,6 mlrd so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 255-2-moddasi (neft quvurlarini, gaz quvurlarini, neft va gaz mahsulotlari quvurlarini yaroqsiz holatga keltirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.