Samarqandda aholi jon boshiga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish ahvoli qanday?

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonida bu yerdagi holat, xomashyo, mehnat resurslari va aholining ehtiyoji e’tiborga olinmagan. Bu haqda viloyat hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aytildi.

Yil boshida viloyatdagi 653 ta korxonada 3 995,9 milliard so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqilib, bu miqdor aholi jon boshiga hisoblaganda o‘rtacha 1 062,9 ming so‘mdan to‘g‘ri keldi.

Ammo bu ko‘rsatkichni tumanlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, juda past. Masalan, Qo‘shrabotda 6,6 ming so‘m, Nurobodda 33,1 ming so‘m, Ishtixonda 49,8 ming so‘m, Paxtachida 50,1 ming so‘m. Bu esa viloyat ko‘rsatkichidan ancha past raqamlar bo‘lib, ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari ulushi viloyat ulushining 1 foizini ham tashkil etmaydi.