Samarqandda «Damas» va «Moskvich» avtoulovlari to‘qnashishi oqibatlari o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda "Samarqandda «Damas» va «Moskvich» to‘qnashib, natijada bir-birini ustiga chiqib qoldi" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 6 yanvar kuni soat 18:40 larda Samarqand shahar, Gulobod ko‘chasida haydovchi, 1969 yilda tug‘ilgan T.M. boshqaruvidagi "IJ-2125" hamda haydovchi, 1998 yilda tug‘ilgan Sh.X. boshqaruvidagi "Damas" rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida jarohat olgan "Damas" rusumli avtomobil haydovchisiga shifokorlar birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan.
Mazkur yo‘l-transporti hodisasi yuzasidan Samarqand shahar IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
❗️Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilib, ob-havo sharoitini hisobga olgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati.