Samarqandda fuqaroni kaltaklagan shaxslar sud qilindi
- 04.02.2022 14:23
- 352
- Jinoyat va jazo
«Youtube» ijtimoiy tarmog‘ida Nurobod tumanida yashovchi fuqarolar M.Ro‘ziyeva va B.Ro‘ziyevlarning IIB xodimlari o‘g‘li M.Temirovni kaltaklashganliklari, ammo prokuratura organlari xodimlarga chora ko‘rmayotganligi to‘g‘risida xabar tarqalgan edi.
Holat yuzasida Samarqand viloyati prokuraturasi ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, fuqaro M.Temirovning yengil tan jarohati olganligi holati yuzasidan Nurobod tuman prokuraturasi tomonidan 2020 yil 17 oktyabr kuni JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilgan hamda ish mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudining 2021 yil 15 dekabrdagi hukmi bilan sudlanuvchilar M.T. va Sh.K.lar JKning 109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan tegishli jazo tayinlangan.
Hozirda mazkur ish apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa