Samarqandda himoya niqobisiz yurganlar ogohlantirilmoqda

Bugundan e’tiboran butun mamlakat bo‘ylab jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari(niqob)siz bo‘lgan shaxslarga ogohlantirish berilishi belgilangan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlar zaruriyat yuzasidan ko‘chaga, bozorlarga, savdo shoxobchalarga chiqqan shaxslar o‘rtasida ogohlantirish ishlarini olib bormoqda.

Fuqarolar jumladan, xodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari(niqob)da bo‘lishi, shuningdek karantin qoidalarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanilishi hamda 25 mart kuni soat 06:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – Bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – BXMning 3 barobari miqdorida jarima qo‘llanilishi haqida alohida tushunchalar berilmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati.