Samarqandda I xalqaro xayriya marafoni o‘tkaziladi

1 noyabrdan 3 noyabrgacha Samarqand shahrida “Samarkand Half Marathon” I xalqaro xayriya marafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.

“Samarkand Half Marathon” loyihasining maqsadi madaniyat va san’at ob’yektlaridagi inklyuzivlik muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, shuningdek, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzi va sport turizmini rivojlantirishdan iborat.

I xalqaro xayriya marafonida tajribali sportchilar bilan bir qatorda yangi yuguruvchilar ham ishtirok etishi mumkin. Tashkilotchilar tomonidan 21, 10 va 2 kilometr masofa yugurish uchun ajratilgan. Yarim marafonga tayyorgarlik jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi inklyuzivlik muammosi bo‘yicha tadqiqot o‘tkazadi.

Mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston teatrlari, muzeylari va kutubxonalarida treninglar o‘tkaziladi. Tadqiqot natijalari marafonning o‘quv dasturi doirasida hisobot shaklida taqdim etiladi. Marafondan tushgan mablag‘lar Toshkent shahridagi teatrlardan birida tajriba loyihasini amalga oshirish uchun sarflanadi. Samarqand marafonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish 20 oktyabrgacha quyidagi havola orqali davom etadi.

https://samarkandhalfmarathon.uz/uz