Samarqandda “Yangi nafas” yugurish musobaqasi o‘tkaziladi
- 09.11.2022 16:54
- 73
- Sport
18 noyabr - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan yurtimizning 15 ta hududida “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasiga start beriladi.
“Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” shiori ostida o‘tkaziladigan mazkur musobaqada respublika bo‘ylab 32 mingga yaqin ishtirokchi qatnashishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan Samarqandda “Yangi nafas” yugurish musobaqasini tashkil etish va uni o‘tkazish yuzasidan tuzilgan shtab va komissiya a’zolarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqani o‘tkazish bilan bog‘liq barcha masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Yig‘ilishda komissiya a’zolari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli vazifalar topshirildi.
Samarqandda “Yangi nafas” yugurish musobaqasi 13 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- 3 soat avval
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- 3 soat avval
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Bugun, 16:05
- Mutolaa