Samarqandda jahon sammiti boshlandi
Samarqandda “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l” mavzusidagi Jahon sammiti hamda bolalar onkologiyasi bo‘yicha II xalqaro kongrecc ochilish marosimi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sammit qatnashchilariga tabrigini Prezident matbuot kotibi Sh.Asadov o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi raisi Xalilur Rahmon so‘zga chiqib, jahon sammitini o‘tkazish tashabbusini bildirgani va anjumanni yuqori saviyada tashkil etgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning sammit qatnashchilariga murojaatini BMTning O‘zbekistondagi doimiy kooridinatori Sabine Maxl o‘qib berdi.
Sammitda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva, BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Najat Malla Mjid, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva so‘zga chiqib, sammit ishiga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalalari bo‘yicha Maxsus vakili, YuNISEF, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Jahon banki hamkorligida tashkil etilgan tadbirlarda xalqaro tashkilotlar va 100 dan ortiq davlat vakillari, xorijiy va mahalliy ekspertlar, mutaxassislar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etmoqda.