Samarqandda MIB orqali banklar foydasiga 626 milliard so‘m undirildi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida ish yurituvda bank undiruvlari bo‘yicha jami 1,5 trillion so‘mlik 51 mingdan ortiq ijro ishlari bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilgan bo‘lib, shundan 626 milliard so‘mlik 23 ming 463 ta ijro hujjatining ijrosi ta’minlangan.
Shuningdek, 203,8 milliard so‘mlik 565 ta garovdagi mulklar auksion savdosiga chiqarilgan hamda banklar foydasiga undiruv amalga oshirilgan.
Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan, qarzdor korxonadan bank foydasiga 9,3 milliard so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari olib borilib, garovdagi noturar binolar xatlanib, elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarilmoqda.
Hozirda xatlangan garov mulklari elektron onlayn-auksion savdosiga qo‘yilmoqda.