Samarqandda Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi
- 07.05.2020 13:54
- 1173
- Ta’lim
Samarqand shahrida joriy yil Prezident maktabini qurish va foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda ushbu xayrli maqsad yo‘lida bunyodkorlik ishlari avjida.
Joriy yilning mart oyidan “INNOCRAFT” MChJ qurilish korxonasi tomonidan Prezident maktabini qurish ishlari boshlandi. Yurtimizda karantin e’lon qilingan ayni kunlarda quruvchilar sanitar-gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda maktabning yerosti qurilish ishlarini olib borishmoqda.
Qariyb 2,5 gektar yer maydonida Prezident maktabining 168 o‘rinli o‘quv binosi va yotoqxonalar, sport zallari, mini futbol, basketbol maydonlari, oshxona, xiyobon va boshqa ob’yektlar bunyod etiladi.
Prezident maktabini joriy yilning avgust oyida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.
Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.