Samarqandda Prezident maktabiga kirish imtihonlari boshlandi
Bugundan Prezident maktablari hamda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari start oldi.
Samarqand shahridagi Prezident maktabiga kirish imtihonlari bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, 5 850 nafar 5-sinf o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
Imtihonlar jadvali:
25 iyun — Prezident maktablari;
26 iyun — Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar;
26–29 iyun — ixtisoslashtirilgan maktablar;
30 iyun — muhandislik maktablari.
Imtihonlar viloyatning turli hududlaridagi belgilangan test sinovlari maskanlarida yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilmoqda.
Prezident maktablariga saralash bosqichi 25 iyun, ikkinchi bosqich esa 17 iyul kuni bir smenada o‘tkaziladi. Tizimdagi ijod, ixtisoslashtirilgan va boshqa maktablarga 26 iyun - 3 iyul kunlari, sport maktablariga amaliy va nazariy imtihonlar 1-10 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Prezident maktablari imtihonlari Cambridge, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari esa Marshall Cavendish xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Barcha imtihon jarayonlarini test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.