Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Akademik litseylariga ham kirish imtihonlarida o‘ringa o‘rin kirishga urinishlar qayd etildi

Joriy yilning 22 avgust kuni Samarqandda akademik litseylarga kirish imtihoni bo‘lib o‘tdi. Imtihon Samarqand shahar 2-son Bolalar va o‘smirlar sport maydoni va Lokomotiv futbol stadionida tashkil etildi.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo‘limining Zarnews.uz’ga xabar berishicha, test sinovining birinchi navbatida viloyat bo‘yicha oliy ta’lim muassasalar qoshidagi akademik litseylardan test topshirishi belgilangan 2026 nafar abituriyentdan 1679 nafari imtihonda ishtirok etgan. 347 nafari turli sabablarga ko‘ra kelmagan.

Shuningdek, ikkinchi navbatda harbiylashgan akademik litseylardan jami test topshirishi belgilangan 1241 nafar abituriyentdan 1193 nafari test sinovida qatnashgan bo‘lsa, 48 nafari turli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan. Hududga kirishda jami 14 nafar abituriyent o‘ringa-o‘rin kirishga uringanligi uchun chetlashtirilgan.

Test sinovlarida ishtirok etish belgilangan 177 nafar guruh nazoratchilardan 35 nafari noma’lum sabablarga ko‘ra kelmagan.