Akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon bekor qilinadi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2023/2024 o‘quv yilidan:

➖ akademik litseylarga o‘quvchilarni qabul qilishda yozma imtihon asosida dastlabki saralash bosqichi bekor qilinadi;

➖ kollej va texnikumlarning ta’lim dasturlariga davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 2 baravarga oshiriladi;

➖ abituriyentlarga “davlat granti” yoki “ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan birini tanlash va tanlagan ustuvorligi bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ketma-ketligida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi.

❗️ 2024/2025 o‘quv yilidan:

➖ OTMga kirish imtihonlarini topshirish “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida tashkil etiladi hamda abituriyentlarga test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va shaklini tanlash imkoniyati yaratiladi;

➖ umumta’lim fanlaridan xalqaro imtihon natijalari bo‘yicha sertifikatlar davlat OTMga qabul qilishda inobatga olinadi.

Bugdan tashqari, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi bekor qilinib, kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish amaliyoti joriy etiladi. Bunda:

🔹 Vazirlik tomonidan tan olingan xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 1 000 talikka kirgan oliy ta’lim tashkilotlari navbatdagi kompleks davlat akkreditatsiyasidan ozod qilinadi.

🔹 Oliy ta’lim tashkilotlarining reytingi ta’lim tashkilotining faoliyati va ta’lim jarayoniga aralashmagan holda ma’lumotlarni axborot tizimi orqali olish yo‘li bilan yuritiladi.