Ichki ishlar vazirligining samarqand akademik litseyi o‘qishga taklif etadi!
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va dasturlari talablariga muvofiq o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan holda o‘qitish, intellektual rivojlanishini ta’minlash hamda yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Samarqand akademik litseyi 2021-2022 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni o‘qishga taklif etadi.
Akademik litseyga o‘qishga kirish istagini bildirgan Samarqand viloyati hududida yashovchi umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari uchun arizalar 2021 yil 1 fevraldan 15 aprelga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim yo‘nalishi: ijtimoiy gumanitar fanlar.
Qabul bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
1. Dastlabki tanlov: yakka tartibdagi dastlabki suhbat, individual psixologik xususiyatlarini o‘rganish, tibbiy komissiya ko‘rigidan o‘tish;
2. Maxsus-professional tanlov: yozma ish (diktant), jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash bo‘yicha sinov, yakka tartibdagi yakuniy suhbat;
3. Test sinovi.
O‘qishga kirish istagini bildirgan o‘quvchilar (nomzodlar) qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
1. Ariza (belgilangan shaklda, ota-ona ishtirokida);
2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma (asli va nusxasi, dalolatnoma yozuviga o‘zgartirish, tuzatish va qo‘shimchalar kiritilgan yoki tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma almashtirilgan yoxud familiyasi, ismi, otasining ismi va boshqa ma’lumotlar o‘zgartirilgan bo‘lsa bu haqda FHDYo organlarining ma’lumotnomasi);
3. Yaqin qarindoshlarining pasporti, tug‘ilganlik haqida guvohnomasi, nikoh tuzilganligi haqida guvohnomasi (nikohdan ajralganligi haqidagi guvohnomasi), vafot etganlar bo‘lsa, ularning o‘lim haqida guvohnomasi (asli va nusxalari);
4. 3x4 sm. o‘lchamdagi 6 dona fotosurat (bosh kiyimsiz) hamda 9x12 sm. o‘lchamdagi 2 dona fotosurat (bosh kiyimsiz);
5. Tarjimai hol;
6. So‘rovnoma (belgilangan shakldagi);
7. O‘qish joyi va mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma hamda ma’lumotnoma (yashash joyidan berilgan ma’lumotnomada nomzodning oila a’zolari qo‘rsatiladi);
8. Mudofaa ishlari bo‘limlarida ro‘yxatda turishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning asli va nusxasi;
9. Fanlarni o‘zlashtirishi to‘g‘risida o‘qish joyidan (maktab direktori tomonidan tasdiqlangan) ma’lumotnoma;
10. Ota-onasining Ichki ishlar vazirligining akademik litseyiga o‘qishga kirishiga rozilik xati (belgilangan shaklda).
Manzilimiz: Samarqand shahri Maroqand ko‘chasi, 46-uy. (Mo‘ljal: 9, 13, 16, 20, 24, 31, 58-shahar avtobuslarning “DEU” bekati).
AKADEMIK LITsEY QABUL KOMISSIYaSI.